16 mar 13:58
Yangiliklar
Gandbol

Jahon Kubogi. U-19 gandbol termamiz bronza, U-21 yoshlarimiz esa oltin medal uchun o'ynaydi + FOTO
Kosovoning Prishtina shahrida o'tkazilayotgan o'smirlar (U-19) va yoshlar (U-21) jamoalari o'rtasidagi Xalqaro gandbol federaciyasi kubogining qitalararo bosqichi nihoyasiga etish arafasida.
Kecha U-19 birinchiligining yarim finalida O'zbekiston termasi Nigeriya bilan bahs olib borib, 29:43 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi vakillarimiz bronza medallari yo'lida AQSH termasi bilan to'qnash keladi. O'smirlarimiz musobaqaning guruh bosqichida okean orti vakillarini 33:32 hisobida mag'lub etgandi. Bu ularning ikkinchi to'qnashuvi bo'ladi.
U-21 termamiz esa yarim finalda A-guruhining g'olibi bo'lmish Bolgariyani 41:33 hisobida dog'da qoldirdi. Endi ularga ham final bellashuvida AQSH yoshlari raqib bo'ladi.
Har ikki o'yin bugun o'tkaziladi.
Havola :
Manba : t.me/uzhandballfederation
Fikrlar