14 noy 12:21
Yangiliklar
Jahon kubogida ilk oltin medal
Unda 60 dan ortiq mamlakatning 400 nafarga yaqin sportchisi ishtirok etmoqda. Musobaqada yurtimiz sharafini 7 nafar sportchimiz himoya qiladi.
Hamyurtimiz Husenboy Matrasulov 55 kg gacha bo'lgan vazn toifasida ishtirok etib, dast ko'tarish mashqida faxrli 1-o'rinni egalladi. U barcha urinishlarni o'z foydasiga hal qilib, 104 kg toshni o'ziga bo'ysindira oldi va oltin medalni qo'lga kiritdi. Undan atigi bir kilogramm farq bilan ortda qolgan ruminiyalik Kosmin Florin Krupla ikkinchi o'rinni egalladi. SHohsupaning uchinchi pog'onasi qozog'istonlik Ablay Auelxanovga nasib etdi – 102 kg.
Ikkikurash yakuniga ko'ra qozog'istonlik sportchi 237 kg (102+135) natija ko'rsatib, oltin medalga sazovor bo'ldi. Kumush medal Florin Kruplaga (227 kg, 103-124) nasib etgan bo'lsa, meksikalik Peralto Puks (225 kg, 96+129) uchlikni yakunlab qo'ydi.
H. Matrasulov esa ikkikurash hisobiga ko'ra 221 kg (104-117) bilan 4-o'rindan joy egalladi.
Fikrlar