13 dek 10:52
Yangiliklar
Jahon kubogini kumush medal bilan yakunladik
Musobaqaning so'nggi kunida sablya bo'yicha jamoaviy yo'nalishda g'olib va sovrindorlar aniqlandi. Turnirda yurtimiz sharafini himoya qilgan qilichbozlarimiz finalgacha mardonavor etib borishdi.
Hal qiluvchi bosqichda vakillarimiz misrlik qilichbozlarga qarshi jang qilishdi, biroq yakunda omad afrikalik sportchilar tomonda bo'ldi. Uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda rossiyalik qilichbozlar polshalik raqiblaridan ustun kelishdi.
Jahon kubogi, yoshlar. Sablya, jamoaviy:
1. Misr
2. O'zbekiston (SH.Mamutov, P.Genjebaev, B.Rasulov, J.Dushamboev)
3. Rossiya
SHu tariqa, qilichbozlarimiz mazkur musobaqani 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunlashdi.
Eslatib o'tamiz, bunagcha rapirachilarimiz jamoaviy dasturda va sablyachimiz Pazil Genjebaev yakkalikda bronza medali bilan taqdirlangan edi.
Fikrlar