So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

17 may 09:28
Yangiliklar

Kurash

"Jahonobod"da belbog'li kurash bo'yicha ochiq turnir o'tkazildi

Teglar :  Belbog'li kurash
Farg'ona viloyatining Rishton tumanida Jahonobod degan qishloq bor.

Odamlari soddadil, xushchaqchaq va mehnatkash, sog'lom turmush tarziga mustahkam amal qiladi, saranjom-sarishtalik. Qishloqda belbog'li kurashning chin ustalari, elkasi er ko'rmagan polvonlari juda ko'p. 

Kuni kecha Jahonobod qishlog'ida belbog'li kurash rivojiga katta hissa qo'shgan, bugun oramizda bo'lmagan ustoz polvonlar xotirasiga bag'ishlab Rishton tumani hokimi kubogi uchun respublika ochiq turniri tashkil etildi. Musobaqaning ochilish marosimida Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov sportchilarga omad tiladi. 

Rishton tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, Farg'ona viloyat sport boshqarmasi, viloyat belbog'li kurash federaciyasi hamda homiylar hamkorligida o'tgan Respublika ochiq turnirda yurtimiz polvonlaridan tashqari Tojikiston, Qirg'iz Respublikasidan nomdor polvonlar ishtirok etishdi.

SHu kuni ko'p sonli belbog'li kurash muxlislari polvonlarning o'zaro bellashuvlarini tomosha qilib ochig'i, yayradi. Faxriy polvonlarga hurmat va ehtirom ko'rsatilib, esdalik sovg'alari ulashildi. SHuningdek, tumanning faxriga aylangan alplar, polvon bobolar xotirlandi, ularning-da, pok ruhlari shod bo'ldi...

Jahonobod qishlog'ida yashab o'tgan va o'z vaqtida belbog'li kurash davralarining oldi bo'lgan engilmas, nomdor polvonlar Ahmadjon polvon Egamov, Abduqodir polvon Jumaboev, Azim polvon Qo'ldoshev, Orifjon polvon Sobirov, Beg'amjon polvon Ermatov, Abdulla polvon Mamayusupovlar nomi yodga olindi.  

Turnir tashkilotchilardan Zohidbek polvon Ismoilov boshchiligidagi Ruslan Xizirov, Bunyod To'xtaboev, SHuxratjon Obidojonov, Ulug'bek Mamatov, Farhod Mahmudov, Azizbek Ergashev, Oyatillo Hakimovlardan iborat hakamlar esa polvonlarning kurashini baholab borishdi.

Sayil kurashi tarzida o'tkazilgan bellashuvlarda muxlislar Zaylobiddin Ortiqov, Husniddin Ro'ziev, Azamjon Anvarjonov, Bobur To'xtasinov, Umidjon Xolmatov, Nodirbek Abdumalikov, Boburbek Abdumalikov kabi nomdor polvonlar ishtirokidagi bellashuvlarni hayajon va zo'r ishtiyoq bilan tomosha qilishdi. Bu polvonlarning o'zaro bellashuvlari ananaviy turnirga yanada joziba bag'ishladi. 

Yuqori saviyada tashkil etilgan turnirda polvonlarga qimmatbaho esdalik sovg'alari ulashildi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing