So’nggi yangiliklar

15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0 12:58"Аспиналлни тезроқ октагонга қайтариш керак" - собиқ чемпион 0 12:34Жалолов билан жанг қилиши мумкинлиги айтилган Мурат Гассиев Тайсон Фьюрига қарши рингга чиқиши мумкин 0 12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0

04 may 19:16
Yangiliklar

Kurash

Jahonobodda belbog'li kurash bo'yicha ochiq turnir o'tkazildi

Teglar :  Belbog'li kurash
Farg'ona viloyatining Rishton tumanidagi Jahonobod qishlog'ida belbog'li kurash bo'yicha Rishton tumani hokimi kubogi uchun ananaviy respublika ochiq turniri bo'lib o'tdi.

9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan ushbu turnir shu hududda yashab o'tgan nomdor polvonlar, murabbiy-ustozlar xotirasiga bag'ishlandi.  

Musobaqa doirasida turnirning ochilish marosimi o'tkazildi. Unda Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov sportchilarni qutlab, ularga omad tiladi. 

Rishton tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, Farg'ona viloyat sport boshqarmasi, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi, Federaciyaning Farg'ona viloyat bo'limi hamda homiylar hamkorligida o'tgan mazkur ochiq turnirda yurtimiz polvonlaridan tashqari Tojikiston va Qirg'iz Respublikasidan ham sportchilar ishtirok etdi.

SHu kuni ko'p sonli belbog'li kurash muxlislari polvonlarning o'zaro shiddatli bellashuvlarini tomosha qilib ochig'i, yayradi. Faxriy polvonlarga hurmat va ehtirom ko'rsatilib, esdalik sovg'alari ulashildi. 

SHuningdek, Jahonobod qishlog'ida yashab, belbog'li kurash bo'yicha nom qozongan marhum polvonlar Ahmadjon Egamov, Abduqodir Jumaboev, Azim Qo'ldoshev, Orifjon Sobirov, Mullahoji Sultonov, Beg'amjon Ermatov, Bekzodbek Normatov, Abdulla Mamayusupovlar nomi yodga olindi.  

Turnir tashkilotchilardan Farg'ona viloyati belbog'li kurash federaciyasi ijrochi direktori, xalqaro toifadagi hakam Miranshoh Ro'ziev hamda Zohidbek polvon Ismoilov boshchiligidagi hakamlar polvonlarning kurashini baholab borishdi.

Sayil kurashi tarzida o'tkazilgan bellashuvlarda Zaylobiddin Ortiqov, Husniddin Ro'ziev, Azamjon Anvarjonov, Bobur To'xtasinov kabi o'nlab nomdor polvonlar bor mahoratlarini namoyish etishdi. Aynan ushbu polvonlarning o'zaro bellashuvlari ananaviy turnirga yanada joziba bag'ishladi. 

Turnirda g'oliblikka erishgan polvonlarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing