29 okt 10:46
Yangiliklar
Jalgasbay va Abdullo jahon chempionati bronza medali uchun kurashni davom ettiradi
Kecha yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakillari Abdullo Aliev (72 kg) va Jalgasbay Berdimuratov (82 kg) 1/4 finalda raqiblariga imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Aliev saralash bosqichida qirg'izistonlik Iriskeldi Xamzaevni 2:1, nimchorak finalda moldovalik Mixay Petichni 7:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. CHorak finalda esa Franciya vakili Ibrahim Mahmud Ganemga 0:6 hisobida yutqazdi.
Jalgasbay Berdimuratov esa saralashda armanistonlik Karen Xachatryanni 6:0, nimchorak finalda qozog'istonlik Evgeniy Polivadovni 9:0 hisobida dog'da qoldirdi. Vengriya vakili Erik Szilvassiga qarshi chorak final bahsida esa yutqazdi (1:6).
Kurashchilarimizning baxtiga ularni mag'lub etgan polvonlar finalga etib borishdi. Natijada bugun Berdimuratov va Alievda bronza medali uchun kurashish imkoniyati yuzaga keldi. Buning uchun ular birinchi galda o'tish bellashuvida g'alaba qozonishlari talab etiladi. Abdullo Aliev armanistonlik Xayk Melikyanga, tajribali Jalgasbay Berdimuratov esa ozarbayjonlik Guran Gurbanovga qarshi gilamga chiqadi.
Fikrlar