02 avg 09:24
Yangiliklar
Sport kurashlari, Tokio-2020
Jalgasbayda imkoniyat saqlanib qoldi, CHalyan jahon chempionini engdi
Tokio-2020 Olimpiadasining yunon-rum kurashi musobaqasida 77 va 97 kg vazn toifasidagi saralash bellashuvlari davom etmoqda.
Yurtimiz sharafini 77 kg vazn toifasida himoya qilayotgan Jalgasbay Berdimuratov 1/8 finalda armanistonlik Karapet CHalyanga 0-5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Hozirgina Karapet rossiyalik jahon chempioni, ushbu vaznning birinchi raqamda saralangan kurashchisi Aleksandr CHexirkindan 2-1 hisobida ustun keldi va yarim finalga yo'l oldi. Agar Karapet finalga chiqsa, u holda Berdimuratovda bronza medali uchun kurashish imkoniyati yuzaga keladi.
Armanistonlik kurashchi yarim finalda qirg'izistonlik Akjol Mahmudovga qarshi gilamga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar