09 dek 14:01
Yangiliklar

Jalolov nima uchun kuchsiz raqiblarga qarshi jang o'tkazayotganini aytdi
Superog'ir vazn toifasidagi hamyurtimiz AQSHning Kaliforniya shtati La Puente shahridagi Industry Hills Expo Center majmuasida amerikalik Valentin Markesni birinchi raundning o'zida nokautga uchratdi. Jangdan so'ng Bahodir o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
- Ha, hozircha kuchsizroq raqiblar bilan jang o'tkazyapman. Bu promouter va murabbiylarimning talabi. Professional boks havaskor boksdan keskin farq qiladi. Talab darajasidagi sport formasiga ega bo'lib olish uchun malum vaqt kerak.
Tabiiyki, bu janglar orqali tajriba ham ortib boradi. Bundan keyingi janglardagi raqiblarim kuchli bo'lib boraveradi. Kuchli bokschilar bilan jang qilish uchun esa kerakli reytingga ham ega bo'lib lozim. Hali hammasi yaxshi bo'ladi. Ishonchingizni oqlash uchun harakat qilyapman, - dedi Jalolov.
Fikrlar