22 apr 09:49
Yangiliklar
Jalolovning izdoshi World Boxing Kubogidagi yurishimizni boshlab berdi
Avval xabar berilganidek, ushbu nufuzli musobaqada Elshod Rasulov murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasining to'rt nafar bokschisi himoya qilmoqda.
Bugun tong saharda Jahon Kubogidagi ilk jangimiz o'tkazildi. Unda og'ir vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz, Bahodir Jalolovning izdoshi sifatida etirof etilayotgan Jahongir Zokirov ruminiyalik Florin Ionitaga qarshi ringga ko'tarilib, raqibini hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida mag'lub etdi. Florin ilk bosqichda avstriyalik Ahmed Hagagdan ustun kelgan edi.
Qolgan uch bokschimiz uchun qura natijalari:
-48 kg. Farzona Fozilova — Hafsi (Tunis)/Fahir (Marokash)
-51 kg. Feruza Kazakova — Radiya Gama (Braziliya)/Maksi Kloze (Germaniya)
-65 kg. Navbahor Hamidova — Anna Jenni (SHveycariya)/Mena Yuli (Venesuela)

Fikrlar