So’nggi yangiliklar

11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0

07 apr 11:59
Yangiliklar

Boks/MMA

Jalolovning ukrainalik raqibi Usik bilan munosabatlari haqida gapirdi

Ukrainalik superog'ir vaznli bokschi Igor SHevazuckiy mazkur vaznda WBC, WBO, WBA va IBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik haqida gapirdi.

— Aleksandr Usik professional boksda hamma narsaga erishdi. Endi u nima qilishi kerak? CHempion sifatida qolgani maqulmi yoki Jeyk Pol bilan jang qilsinmi?

— Sog'lom fikr, shubhasiz, buyuk bokschilar singari, unda ham boks qonida, yuragida bor. Usikdek sportchi uchun bunga chek qo'yib, ketib yuborish mumkin emas. Hammasi Sanyaning qanday maqsadlarni ko'zlayotganiga bog'liq. Avvalo, u odamlarga emas, balki o'ziga nimanidir isbotlashi kerak. Natija qanday bo'lishidan qatiy nazar, u qanday qaror qabul qilmasin, unga faqat omad tilayman.

— Ringda yoki umuman olganda, Usik bilan yo'llaringiz kesishganmi?

— Bir-birimizni anchadan beri bilamiz. Biz bir marotaba yig'ilishda uchrashib qolgan edik. Bundan tashqari, qachonlardir men u bilan bir necha raund sparring tushganman.

— Qanday xotiralaringiz bor?

— Birinchidan, u ajoyib yigit, ochiq va mehribon. U Krivoy Rog majmuasiga kelib, va murabbiyim Stas Grigoruk bilan bir muddat ishlagandi. Bakole bilan jang qilishim malum bo'lganida, u qo'ng'iroq qilib, meni qo'llab-quvvatlagandi. Usik bilan har bir uchrashuv ijobiy taassurotlar keltiradi. U har doim hazil qilish uchun vaqt topa oladi, bu aniq.


Eslatib o'tamiz, Igor ikki kun avval Bahodir Jalolovga qarshi jang o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing