25 dek 10:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Jamoliddin Rahmonjonov Octagon 83 turniridagi erta g'alabasi uchun bonusni qo'lga kiritdi
19 dekabr kuni Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 83 turniri bo'lib o'tgan edi.
Turnir doirasida o'zbekistonlik yosh aralash yakka kurash ustasi Jamoliddin Rahmonjonov qozog'istonlik Ramazan Amangeldi bilan jang qilib, uchinchi raundda bo'g'ish usuli orqali muddatidan avval g'alaba qozongandi. Bu orqali Jamoliddin faoliyatidagi to'qqizinchi jangida ettinchi g'alabasini nishonladi.
Ahamiyatlisi, Octagon League mazkur g'alaba uchun Rahmonjonovni kafolatlangan gonorardan tashqari bonus bilan taqdirladi.
Tashkilot odatda mazkur bonus summasi qancha ekanini keng ommaga elon qilmaydi. Lekin Olamsport.com sayti manbalariga ko'ra bonus miqdori 200 dollarni tashkil etadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar