24 may 09:14
Yangiliklar
Boks/MMA
Jan-Klod Van Damm: "SHubhasiz, Xeyni bu jangda mag'lub bo'ldi"
Mashhur aktyor, karate va kikboksing bo'yicha sobiq jahon chempioni Jan-Klod Van Damm ukrainalik Vasiliy Lomachenko va amerikalik Devin Xeyni o'rtasidagi jang natijasi haqida gapirdi.
"Ular o'rtasida 11 yil farq bor. Xeyni yutqazdi, Lomachenko esa g'alaba qozondi. Hammasi juda oddiy, jangni amerikalik tomoshabinlar va AQSHdan kelgan hakamlar boshqardi. Men boksni yaxshi ko'raman va jang sanatini tushunaman. SHubhasiz, Xeyni bu jangda mag'lub bo'ldi", - dedi Van Damm ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Devin Xeyni va Vasiliy Lomachenko o'rtasidagi jang 12 raund to'liq davom etgan va unda hakamlar qarori bilan (116-112, 115-113, 115-113) amerikalik bokschi g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar