So’nggi yangiliklar

16:16"Ман Сити" "Реал" қизиқаётган футболчи билан шартномани бир йилга узайтиришга яқин 0 15:41Камару Усман: "Чимаев ҳозир Анкалаев ёки Прохазкага қарши жанг қилиши керак эмас" 0 15:17Бокс бўйича Ўзбекистон U-17 терма жамоаси энг кўп финалчи билан финалга етиб келди 0 14:39Василий Ломаченко фаолиятини қайта тиклайди — The Ring 0 14:12ПСЖ сафида яна битта россиялик пайдо бўлиши мумкин 0 13:47Камару Усман Чимаевни ютқазмаган деб ҳисоблашини айтди 0 13:23Холмурод Нурматов мағлубиятига қарамай, ACA рейтингидаги ўрнини сақлаб қолди 0 12:58Расман: Чимаев Диллон Дэнис билан жанг қилади 0 12:34Мессининг "Интер Майами" билан янги шартномаси бўйича маоши маълум бўлди 0 12:09Санжар Зокиров: "ONE FC менга уч марта чемпионлик жангини таклиф қилди, лекин..." 0 11:43Царукян Чимаевга мурожаат қилди 0 11:18"АҚШни намоён қилишни истайман". Стрикленд Оқ уйдаги турнирида қатнашмоқчи 0 10:50U-17 Осиё кубоги. Бугун Австралияга қарши баҳс олиб борамиз 0 10:42Ёш каратэчиларимиз Филиппинга жўнаб кетишди 0 10:24Осиё чемпионатига энг кўп йўлланма қайси терма жамоа боксчиларига насиб этди? 0

10 sen 18:00
Yangiliklar

Boshqalar, Tadbirlar

Jang sanati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o'yinlarining boshlanishiga roppa rosa 1 hafta qoldi

Xabar berib o'tganimizdek, 17 sentyabr kuni Ashxobod shahrida Jang sanati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o'yinlarining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi.

Hozirda Turkmaniston poytaxtida mazkur nufuzli musobaqani yuqori saviyada o'tkazish uchun so'nggi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. 

Etiborli jihati shundaki, musobaqada birinchi marta 64 mamlakat vakillari ishtirok etishadi. Ularning 45 tasini Osiyo davlatlari tashkil etsa, Okeaniya mintaqasidan ham 19 ta mamlakat vakillari Ashxoboddagi musobaqada o'z omadlarini sinab ko'rishadi. 

Takidlash lozimki, birinchi marta mazkur musobaqa 2005 yilda Bangkok (Tailand) da tashkil etilgan bo'lib, 2007 yilda yopiq inshootlardagi II Osiyo o'yinlariga Makao mezbonliq qilgan. Oradan ikki yil o'tgach, 2009 yilda musobaqani endi Vetnam o'zida qabul qilgan. IV Osiyo o'yinlariga kelib musobaqa xuddi Olimpiya cikli kabi har to'rt yilda bir marta tashkil etiladigan bo'ldi va 2013 yilda Janubiy Koreyaning Inchxon shahri mezbonlik qilgan musobaqa dasturiga jangovor sanat turlari ham kiritildi. 

Jang sanati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o'yinlari dasturidan 21 ta sport turi o'rin olgan bo'lib, bular: shaxmat, futzal, tennis, muay-tay, sambo, kurash, djiu-djitsu, bouling, velopoyga (trek), suzish (50 metrlik basseynda), engil atletika, og'ir atletika (pauerlifting), basketbol, taekvondo (WTF), sport raqslari, kikboksing, belbog'li kurash, sport kurashlari (erkin va yunon-rum), bilyard, konkur va Turkman milliy kurashi - goresh sport turlaridir. O'zbekiston delegaciyasi musobaqada bilyarddan boshqa barcha – 20 ta sport turida ishtirok etadi. 

Ashxobodga jo'nab ketadigan umumiy delegaciyamiz soni 264 kishini tashkil etgan bo'lib, ulardan 189 nafari sportchilardir. Demak, o'z o'zidan ko'rinib turibdiki Turkmaniston poytaxtidagi nufuzli musobaqada O'zbekiston eng katta delegaciyalardan biri bo'ladi. 

Delegaciyamiz tarkibidan yurtimiz sport muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan sportchilar, Olimpiya va Osiyo o'yinlari ishtirokchilari, jahon va qita chempionatlari sovrindorlari joy olishgan. Rustam Djangabaev, Ivan Efremov, Farxodbek Sobirov, Doston Yoqubov, Kumushxon Fayzullaeva, Muattar Nabieva (og'ir atletika), Elmurat Tasmuratov, Ixtiyor Navro'zov, Bekzod Abdurahmonov, Mo'minjon Abdullaev (sport kurashlari), Niyaz Po'latov, Valentin Xegay, Umida Abdullaeva, Svetlana Osipova (taekvondo), Farrux Do'stov, Sanjar Fayziev, Arina Folc (tennis), Gulruxbegim Tohirjonova, Nodira Nodirjonova, Sarvinoz Qurbonboeva (shaxmat), Rustam Umarov, Konstantin Sviridov, Artur Yunusov, Dilshod Rahmatov (futzal), Nadiya Dusanova, Valentina Kibalnikova, Aleksandra Yurkevskaya (engil atletika) ana shular jumlasidandir. 

Nufuzli musobaqaga tayyorgarlik ko'rish jarayonida 2014 yildan etiboran Ashxobodda yangi qurib bitkazilgan Olimpiya shaharchasida bir necha yirik Xalqaro musobaqalar sinov tariqasida o'tkazildi. Jumladan 2014 yilning 19-24 noyabr kunlari belbog'li kurash bo'yicha jahon chempionati, 2016 yilda 26-30 may kunlari sambo bo'yicha Osiyo chempionati, 25-29 iyun kunlari Turkman goreshi va belbog'li kurash bo'yicha Osiyo chempionati, 16-24 sentyabr kunlari 18 yoshgacha bo'lgan tennischilar o'rtasida Xalqaro turnir, 23-26 sentyabr kunlari engil atletika bo'yicha Xalqaro turnir, 4-7 noyabr kunlari ayollar va erkaklar o'rtasida 3x3 formatidagi basketbol bo'yicha Xalqaro turnir va nihoyat o'tgan yilning dekabrida djiu-djitsu bo'yicha Osiyo chempionati aynan Ashxoboddagi Olimpiya shaharchasida yuqori saviyada tashkil etildi. 

Jang sanati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o'yinlari 17-27 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi. Musobaqada ishtirok etuvchi O'zbekistonning asosiy delegaciyasi Turkmaniston poytaxtiga 15 sentyabr kuni jo'nab ketadi. O'z navbatida biz hamyurtlarimizga Ashxobod arenalarida omad va muvafffaqiyatlar tilaymiz va yurtimizga yorug' yuz bilan qaytib kelishlarini yaratgandan so'rab qolamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing