27 sen 08:41
Yangiliklar

Jangdan keyin Joshuani kasalxonaga olib ketishgan
SHifokorlarning aytishicha, britaniyalik bokschining ko'z soqqasi singan bo'lishi mumkin. Bu haqida bokschining promouteri Eddi Xirn xabar berdi.
"Entoni to'qqizinchi raunddan keyin ko'zi ko'rmay qolganini aytdi. Faqat jismoniy tayyorgarlik hisobiga u ringda harakat qilishda davom etdi. SHifokorlar aniq tashxis qo'yishganidan so'ng muolajalar boshlanadi, — deya Xirnning so'zlarini keltirmoqda The Sun nashri.
Eslatib o'tamiz, Usik - Joshua chempionlik jangi to'liq 12 raund davom etgan va yakunda hakamlar ukrainalik bokschining yaqqol ustunlik bilan qozongan g'alabasini taminlashgandi — 116-112, 117-114, 115-113. Ushbu g'alabasi evaziga Usik WBA Super, WBO, IBF va IBO chempionlik kamarlarini qo'lga kiritgan edi.
Fikrlar