09 jan 11:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Jangga 10 kun qoldi. Islam, Umar va Tagirning jismoniy holati + FOTO
2025 yilning ilk raqamlangan va butun dunyo aralash yakkakurash muxlislari orziqib kutayotgan UFC turniriga roppa-rosa 10 kun vaqt qoldi.
Engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov jamoadoshlari Islam Maxachev, Umar Nurmagomedov va Tagir Ulanbekovni UFC 311 turniridagi bo'lajak janglariga tayyorgarligini nazorat qilishda davom etmoqda. Ijtimoiy tarmoqda jangga 10 kun qolgan bir paytdagi dog'istonliklarning jismoniy tayyorgarligi aks etgan surat paydo bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, engil vazn toifasida amaldagi chempion Islam Maxachev turnirning markaziy to'qnashuvida Arman Carukyan bilan revansh jangini o'tkazadi. Umar Nurmagomedov eng engil vaznda gruziyalik chempion Merab Dvalishvili bilan jang qiladi. Tagir Ulanbekov esa amerikalik Kleyton Karpenter bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : ufc.ru
Fikrlar