07 jan 18:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Jangga 12 kun qolganida Maxachev va Carukyanning burchagidagi sekundantlar malum bo'ldi
Bizning vaqt bilan 19 yanvar tongida AQSHning Los-Anjelesida 2025 yilning ilk raqamlangan UFC turniri bo'lib o'tadi.
UFC 311 turnirining markaziy jangi engil vazn toifasi chempioni Islam Maxachev hamda divizion reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Arman Carukyan o'rtasida o'tkaziladi. Turnirga 12 kun qolgan bir paytda jangchilarning burchagida ishlovchi sekundantlar malum bo'ldi.
Carukyanning jamoasi: Eduard Vartanyan, Roman Kalantaryan, Artyom Levin, Markos DaMatta.
Maxachevning jamoasi: Xabib Nurmagomedov, Xaver Mendes, Muslim Amiraslanov, Islam Mamedov.
Eslatib o'tamiz, Maxachev va Carukyan o'rtasidagi ilk jang 2019 yilning aprel oyida UFC Fight Night 149 turniri doirasida o'tkazilib, o'shanda Islam hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar bo'yicha g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar