18 jan 18:18
Yangiliklar
Jangi bekor bo'lgan Benil Dariush ikkitalik gonorar oladi
UFC divizioni reytingida 9-o'rinni egallab turgan Dariush aslida UFC 311 turnirida o'zidan bir pog'ona quyida borayotgan braziliyalik Renato Moykanoga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Promoushen rahbarlari Islam Maxachevni turnir kardida saqlab qolish uchun Renato Moykanoni tanlashdi. Buning oqibatida Dariush jangsiz qoldi.
"Hammasi ajoyib – etiroz bildirishdan yiroqman. Ular kafolatlangan gonorarimdan tashqari qo'shimcha pul hamda g'alaba uchun bonus ham beradigan bo'lishdi. Dana Uayt, UFC va Xanter Kempbellga rahmat aytmoqchiman. Yuqorida aytganimdek, nolishga sabab yo'q. Ular nima uchun bunday qarorga kelishganini tushunib turibman. Ha, men ham kamar uchun jang qilishim mumkin edi. Lekin ularning tanlovi men bo'lib chiqmadim. Demak, shu to'g'ri yo'l ekan. Ularning o'rnida men bo'lganimda ham shunday yo'l tutgan bo'lardim", - deya amerikalik aralash yakkakurash ustasining so'zlarini keltiradi The Schmo.
Fikrlar