17 iyu 09:23
Yangiliklar
Jangiga 12 kun qolgan Irji Proxazka bugungi sport formasini ko'rsatdi + FOTO
CHexiyalik aralash yakkakurash ustasi 30 iyun tongida AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC 303 turnirining markaziy jangida braziliyalik Aleks Pereyraga qarshi oktagonga chiqadi. Irji jangga 12 kun qolgan bir paytda qanday sport formada ekanini ko'rsatdi.
"So'nggi sho'ng'ish. Las-Vegas, meni qarshi ol", — deya surat ostida izoh qoldirgan Irji.
Bu Proxazka va Pereyra uchun revansh maqomidagi jang bo'ladi. Aleks Pereyra so'nggi jangini 13 aprel kuni Las-Vegasdagi yubiley UFC 300 turniri doirasida Jamal Xillga qarshi o'tkazgan va raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi. Irji Proxazka ham aynan shu turnirda jang qilgandi. CHex serbiyalik Aleksandar Rakichni ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etgan edi.
Fikrlar