18 may 23:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Jangiga O'zbekistonda tayyorlangan Sergey Kovalyov Fyuri-Usik kardida ringga chiqdi
Xabar berganimizdek, Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) yirik professional boks oqshomi start oldi.
Musobaqaning asosiy kardi doirasida birinchi og'ir vazn toifasida rossiyalik charm-qo'lqop ustasi Sergey Kovalyov ringga ko'tarildi.
Unga bugun SHveciya vakili Robin Sirvan Safar raqiblik qildi. 10 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan shveciyalik bokschining g'alabasi qayd etildi.
Bu jang orqali Robin Sirvan Safar faoliyatidagi 17-jangida 17-g'alabasini nishonladi. Sergey Kovalyov esa bugun o'zining 41-jangidagi 5-mag'lubiyati qabul qilib oldi.
Eslatib o'tamiz, Sergey Kovalyov mazkur jangi uchun O'zbekistonda ham mashg'ulotlar olib borgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar