So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

21 jan 19:39
Yangiliklar

Kurash

Janob Kim Jong Koreya Respublikasi Prezidenti etirofiga sazovor bo'ldi

Tajribali kurash mutaxassisi Kim Eur Jong Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Seok-Yol tomonidan maqtov yorlig'i bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimi Koreya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasida bo'lib o'tdi. Koreya Respublikasining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Kim Xi Sang tomonidan yorliqning asl nusxasi koreyalik kurash fidoiysiga tantanali ravishda topshirildi.

Maqtov yorlig'ida jumladan shunday so'zlar bor: “Erkinlik va demokratiyaning asosiy tartibi asosida tinch yo'l bilan birlashtirish faoliyati orqali Koreya yarim orolini erkin, tinch va farovon qilishga qo'shgan hissangiz maqtovga sazovor! Prezident Yun Seok-Yol”.

Kim Jong dunyoda milliy sportimiz kurashni rivojlantirish, yosh va tajribali hakamlarni tayyorlash bo'yicha ko'plab ishlarni amalga oshirgan kurash mutaxassisi hisoblanadi. U uzoq yillar Koreya Kurash associaciyasi Prezidenti, Osiyo-Okeaniya Kurash konfederaciyasi vice-prezidenti, Xalqaro Kurash associaciyasi Hakamlik qo'mitasi raisi sifatida faoliyat olib borgan.

Ayni kunlarda Xalqaro Kurash instituti eksperti, O'zDJTSU faxriy professori, O'zDJTSU Milliy Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o'qituvchisi lavozimlarida kurashning ilmiy asoslari, kurash hakamligi nazariyalarini tadqiq qilmoqda.

Uning muallifligida kurash hakamligi bo'yicha ko'plab o'quv va uslubiy qo'llanmalar, kitoblar hamda video darsliklar tayyorlangan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing