So’nggi yangiliklar

19:48Топурия Гэтжининг хотини ҳақидаги сўзларига "ответ" қилди: "Тез орада гапиришдан тўхтайди" 0 19:02Василий Ломаченконинг рақиби айтилди 0 18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0 13:33UFC собиқ юлдузи иштирокида ўтиши керак бўлган Қозоғистондаги ММА турнири пул туфайли бекор бўлди 0 13:00Эрон терма жамоаси футболчилари ЖЧ-2026 бошланишига бир ҳафта қолганда АҚШга кириш визасини олишди 0 11:53"Жанглар бизнесдан осонроқ эди, чунки..." - Хабиб Нурмагомедов бизнес лойиҳалари ҳақида гапирди 0 10:31Билол Муҳаммад ва бошқалар. UFC Fight Night 278 турнири иштирокчилари тарозига чиқишди (+барча жанглар рўйхати) 0 09:57Разамбек Жамалов RAF кураш лигаси билан шартнома имзолади 0 19:23Ўзбек клублари ЖЧ-2026 орқали қанча даромад топади? 0

17 dek 07:22
Yangiliklar

Kurash

Janubiy koreyalik mehmonlar O'zbekiston kurash federaciyasida bo'lishdi

O'zbekiston kurash federaciyasiga Janubiy Koreyaning “Top Promotion” kompaniyasi boshqaruvi vakillari tashrif buyurdi.

Mehmonlar Toshkentdagi Kurash muzeyida bo'lishib, kurashning tarixi va buguni haqida hikoya qiluvchi eksponatlar, kurash haqidagi malumotlar bilan tanishdi hamda ushbu milliy sportimiz xalqaro maydonda zamonaviy va istiqbolli sport turi sifatida rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligini etirof etishdi.

Ikki tomon o'rtasida tashkil etilgan o'zaro muloqotda O'zbekiston kurash federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, zamonaviy kurash qoidalari asoschisi K.Yusupov kurashni sport turi sifatida xalqaro maydonga olib chiqilishi yo'lidagi harakatlar, uning dunyo arenasidagi rivojlanishi, tarixi haqida so'zlab berdi. O'z navbatida mehmonlar Koreya milliy sport turi taekvandoni yozgi Olimpiya o'yinlariga kiritilishi borasida olib borilgan ishlar, harakatlar haqida malumot berdilar.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumga ko'ra, kelajakda kurashni Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jahon yoshlarini kurash sport turi bilan shug'ullanishga keng jalb etish, kurashni o'zbek brendi sifatida jahon durdonasiga aylantirish va xalqaro nufuzini yuksaltirish, mustahkamlash borasida hamkorlik qilinishiga kelishib olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing