04 dek 07:44
Yangiliklar
"Jasko Koach" va Ramazon Temirov Jasur Mirzamuhammedovning mag'lubiyatiga munosabat bildirishdi
Og'ir vaznda o'zbekistonlik ONE FC jangchisi, 36 yoshli Jasur Mirzamuhammedov (4-1) ONE on Prime Video 5 musobaqasi doirasida senegallik Omar Kone (5-1)ga qarshi jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'ldi.
Ushbu jangga Mirzamuhammedovning murabbiyi Jasur Alijonov (Jasko Koach) hamda jamoadoshi Ramazon Temirov hamyurtimizni qo'llab-quvvatlagan holda munosabat bildirishdi.
"Assalomu alaykum hammaga. ONE FC ligasida hakamlar hisobi bilan jangda yutqazdik. Xatolarimiz bo'ldi, buning ustida ishlaymiz. Hisob: ONE FC'da bitta g'alaba va bitta mag'lubiyat. Yana to'rtta jangimiz bor. Xudo xohlasa, keyingi janglarda kuchli bo'lib qaytamiz. Hammaga omad, kim duo qilgan bo'lsa, biz bilan bo'lgan bo'lsa, rahmat kattakon", - deya aytib o'tgan Filippinga Mirzamuhammedov bilan birga borgan Alijonov.
"Yutish-yutqazish hammasi Allohdan. In sha Allah hali kuchli bo'lib qaytasiz aka", - deb yozgan Ramazon Temirov.
Fikrlar