18 iyu 15:25
Yangiliklar
Boks/MMA

"Jastin Getji CHarlz Oliveyraning navbatdagi raqibi bo'ladi"
UFC kamariga sobiq davogar Jastin Getji chempion CHarlz Oliveyraga qarshi jang qilishi mumkin.
Bu haqida uning menejeri Ali Abdel Aziz malum qildi.
"Jastin CHarlz Oliveyraning navbatdagi raqibi bo'lishiga ishonaman. Menimcha, Dastin biroz dam olishi kerak va yana janglarga qaytsin", - dedi Ali.
Eslatib o'tamiz, Jastin Getji so'nggi bor Xabib Nurmagomedovga qarshi oktagonga ko'tarilib, raqibiga imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar