10 fev 08:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Jastin Getji Topuriyadan tashqari qaysi raqibga qarshi jang qiziq bo'lishini aytdi
UFC vaqtinchalik chempioni, amerikalik Jastin Getji agar unga Iliya Topuriya bilan jang tashkil qilib berishmasa, irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi jangni qabul qilishga tayyor ekanini aytdi.
"Yo'q, Dastin Pore bilan uchinchi jang menga qiziq emas. Hisob 1:1 [o'zaro to'qnashuvimizda], keyingi jang — chempionlik kamari uchun bo'lishi kerak. Bu men uchun, bu divizion uchun, eng muhim jang — mutlaq chempionlik kamari uchun to'qnashuv. Boshqa hech narsa meni qiziqtirmaydi. Lekin, kimdir kelib, Oq uydagi turnirda Makgregor bilan jang qilishni xohlaysanmi deb so'rasa, bu haqda o'ylab ko'rgan bo'lardim", — dedi Getji.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar