22 jan 14:54
Yangiliklar
Jastin Getji UFC`ning bonuslar tizimini tanqid qildi
"Eh, jin ursin, men 14 ta bonus oldim, lekin ular umumiy hisobda 1 million dollarga ham teng emas - bu noto'g'ri munosabat. Bonuslar ancha ko'p bo'lishi kerak. Albatta, men ham o'z pullarimni aqlliroq tasarruf qilishim kerak edi, lekin bunday qilmadim. Hozirgacha Daniel Korme turnirning barcha jangchilari (Paramount bilan kelishuv tufayli) ko'proq pul olishini aytganini eshitib qolaman. Men bu bitimdan ortiqcha dollar olmayman", - deya Getjining so'zlarini keltiradi MMAJunkie nashri.
Malumot uchun, Jastin navbatdagi jangini vaqtinchalik engil vazn toifasi chempionligi uchun britaniyalik Peddi Pimblettga qarshi o'tkazadi. Jang 25 yanvar kuni Las-Vegas (AQSH) shahrida bo'lib o'tadigan UFC 324 turnirining asosiy to'qnashuviga aylanadi.

Fikrlar