04 apr 15:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Jastin Getji: Xabib bilan jang qilishni istayman
Amerikalik aralash qoidalar jangchisi Jastin Getji rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Getjining oliy orzusi engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedovga qarshi oktagonga chiqish ekan.
"Dastin Pore va Maks Xollouey engil vaznda vaqtinchalik UFC chempionlik kamari uchun jang o'tkazishadi. Men ushbu jang g'olibi bilan to'qnash kelmoqchiman. Bu Xabibga boradigan eng yaqin yo'l hisoblanadi. Nurmagomedov bilan oktagonda yuzma-yuz kelish oliy orzuim. Ishoning u menga qarshi jangda tik turgan holatda kurashishga majbur bo'ladi. Uning uslubi men bilan jangda ish bermaydi", - dedi Getji.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar