31 jan 14:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Jastin Getjini vaqtinchalik chempionlik maqomi qoniqtirmayapti
UFC jangchisi Jastin Getji vaqtinchalik chempionlik maqomi uni qoniqtirmasligini tan oldi.
"Men bundan qoniqayotganim yo'q, chunki mening tushunchamda bu baribir ikkinchi o'rin. SHu bilan birga, bu katta yutuq ekanini ham tushunib turibman. Tarixda men ikki karra vaqtinchalik chempion sifatida qolaman, bu esa qog'ozda meni chempion qiladi.
Lekin aynan shu jihatda men pessimist bo'lishim kerak, chunki avvalgidek, menga hali haqiqiy kamar uchun jang kerak. Albatta, bu menga quvonch beradi. Ammo umumiy olganda, bu titulni borligicha qabul qilish menga qiyin", — dedi Getji.
Havola :
Manba : Red Corner MMA
Fikrlar