26 jan 08:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Jastin Getjining UFC'da olgan bonuslari miqdori 1 million dollardan oshdi
Kecha Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC 324 turniri yakunlariga ko'ra, Jastin Getji Peddi Pimblettga qarshi jang uchun "Kechaning eng yaxshi jangi" bonusini qo'lga kiritdi.
Yangi qoidalarga ko'ra, bonuslar miqdori $100 mingni tashkil etmoqda. Ilgari bu summa $50 ming edi.
SHu tariqa, Getjningi faoliyati davomida UFC bonuslari orqali ishlab topgan pullari miqdori 1 million dollardan oshdi.
U 2017 yilda ligada debyut qilgan. SHu kungacha u UFC'da 15 ta jang o'tkazgan va barcha janglarida bonusga loyiq ko'rilgan.
Malumot uchun, UFC 324 turniridan boshlab yana bir qo'shimcha bonus joriy etildi — endi muddatidan avval g'alaba qozongan har bir jangchi gonoraridan tashqari qo'shimcha $25 ming oladi. Ushbu turnirda beshta shunday g'alaba qayd etildi.

Havola :
Manba : MMA Hour
Fikrlar