So’nggi yangiliklar

22:42Жаҳон тожи учун матч. Жавоҳир Синдаров илк партияни якунлади 0 19:02ХОҚ 2028 йилги ёшлар қишки Олимпия ўйинлари саналарини эълон қилди 0 18:30Энцо Мареска: "Ҳусановнинг энг яхши позицияси — марказий ҳимоя" 0 17:52«АҚШга бора олмай қолиши мумкин». Менежер Усман Нурмагомедов учун эҳтимолий жазолар ҳақида гапирди 0 17:00Нодирбек Абдусатторов London Chess Classic 2026 турнирида қатнашади 0 16:05Россия бокс федерацияси World Boxing’нинг тўлақонли аъзосига айланди 0 15:12Нури Шаҳин Шомуродовнинг ўйинига баҳо берди ва Файзуллаевнинг қачон сафга қайтишини айтди 0 14:30Топурия Пимблеттга жанг таклиф қилди 0 13:42Қозоғистон Тошкентда ўтадиган Жаҳон кубогининг якуний босқичи учун таркибини эълон қилди 0 12:59Жамолиддин Раҳмонжонов Тошкентдаги Octagon 94 турнирида иштирок этади 0 12:06ЎзПФЛ Ўзбекистон кубоги финал майдони ва санаси ҳақида маълумот берди 0 11:38БУМ! Ўзбекистондаги UFC турнири қачон ва қаерда ўтказилиши ҳақида маълумотлар пайдо бўлди (ФОТО) 0 11:04Гандболчиларимиз аёллар ўртасидаги Осиё чемпионатида иштирок этишмоқда 0 10:38"The Notorious қайтди" — Макгрегор тиззасидаги операциядан сўнг машғулотларни бошлаганини маълум қилди 0 10:07Ўзбекистон кубоги. Бугун финалчилар аниқланади 0

26 avg 16:40
Yangiliklar

Kurash

JBKA prezidenti Aziz G'aniev Boshqirdiston Respublikasining oliy mukofoti - "Xalqlar do'stligi" ordeni bilan mukofotlandi

Teglar :  Belbog'li kurash
SHu kunlarda Boshqirdiston Respublikasining Ufa shahrida belbog'li kurash bo'yicha 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Mazkur jahon chempionati oldidan kecha, 25 avgust kuni dastlab ochilish marosimi tashkil etildi. 

Etiborlisi, ushbu marosimda rasmiy mehmon sifatida taklif etilgan hamyurtimiz, Jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'aniev O'zbekiston va Boshqirdiston o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni, xususan, belbog'li kurashni keng rivojlantirishga qo'shgan alohida xissasi uchun Boshqirdiston Respublikasi rahbari Radiy Xabirov tomonidan "Xalqlar do'stligi" ("Xalytar duslygy") oliy ordeni bilan mukofotlandi.

JBKA prezidenti Azizbek G'anievga ushbu yuksak mukofot- oliy ordenni Boshqirdiston Respublikasi bosh vaziri Andrey Nazarov tantanali tarzda topshirdi. 

JBKA prezidenti ushbu yuksak mukofotni nafaqat o'ziga, balki barcha JBKA jamoasi azolariga topshirilgan mukofot sifatida qabul qilishini takidlab, Boshqirdiston Respublikasi tomonidan bildirilgan ushbu etibor va hurmat uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi hamda kelgusida  hamkorlikni yanada mustahkamlash yo'lida samarali xizmat qilishini takidladi. 

SHuningdek, marosimda ishtirok etgan Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi raisi Mo'min Muratov hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirovlar ham Boshqirdiston Respublikasi sport vaziri R. Xabibovning buyrug'iga asosan "Boshqirdiston Respublikasida sportni rivojlantirishda qo'shgan hissasi uchun" ko'krak nishonlari bilan mukofotlanishdi. 

SHu o'rinda yuksak etiroflarga sazovor bo'lgan hamyurtlarimizni tabriklaymiz.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing