02 dek 15:26
Yangiliklar
JCH-2022ni o'tkazib yuborayotgan eng qimmat o'yinchilar
Xo'sh, JCHni o'tkazib yuborayotgan eng qimmat futbolchilar.
Jeydon Sancho (60 million evro)
Angliya terma jamoasi tarkibi shunchalar kuchliki, unda mamlakatning eng iqtidorli vingerlaridan biri bo'lmish Jeydon Sanchoga joy topilmadi. Ammo, uning "Borussiya" (Dortmund)dan "Manchester Yunayted"ga o'tganidan so'ng terma jamoadagi o'rni xavf ostida qolgandi. Sancho APLda Bundesligadagidek barqaror emas, ammo u baribir yuqori darajadagi o'yinchi bo'lib qoladi. Ammo, bu jahon chempionatiga borish uchun etarli bo'lmadi. Angliya terma jamoasi rostdan ham juda yuqori darajadagi raqobat bor.
Milan SHkrinyar (60 million evro)
SHkrinyarning sifatiga shubha qilmaslik kerak – u "Inter" va Slovakiya terma jamoasi asosiy himoyachisi hisoblanadi. Milan Qatarga bora olmadi, sababi slovaklar JCHga o'tishmadi. Futbolchi bu vaqtni foydali o'tkazishi mumkin. SHkrinyarning "neradzurri" bilan shartnomasi joriy yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan. Slovak o'z kelajagini o'ylashi va to'g'ri qaror qabul qilishi kerak. Himoyachida "qora-ko'klar"dan va PSJdan taklif bor. Tanlash kerak.
Federiko Keza (60 million evro)
Italiya terma jamoasi saralash pley-offida SHimoliy Makedoniyaga mag'lub bo'lgan holda JCHni qo'ldan boy berishdi. Bu Federiko Kezani katta turnirda baholay olmaslik sabab ham yomon. "Yuventus" vingeri aynan qiyin jarohatdan tiklangandi va katta ehtimbol bilan milliy jamoaga mundialga yordam berardi. Italiyalik allaqachon CHempionlar Ligasi va Evro-2022da muhim gollarni urgan holda o'zini ko'rsatdi. Keza JCHda o'zini "skuadra adzurra"nnig kelajakdagi o'yinchisi (yoki hozir) sifatida ko'rsatishi mumkin edi. Federikoning oldida hali katta turnirlar borligiga umid qilish qolmoqda.
Viktor Osimxen (70 million evro)
Nigeriya 16 yilda ilk bor Jahon chempionatiga chiqa olmadi. Bu Ganaga qarshi JCH-2022 saralash o'yinidan so'ng stadionda tartibsizlik keltirib chiqargan muxlislar uchun katta xafagarchilik bo'ldi. Nigeriyaliklarda qiziqarli jamoa bor. Ular mundialda syurprizlar ko'rsatishi mumkin edi. "Napoli"ning eng yaxshi to'purari mavsumning birinchi qismini ajoyib o'tkazdi. U milliy jamoada 23ta o'yinda 15ta gol urgan. Nigeriya dunyo birinchiligida yo'q ekan, futbolchi neapolliklar bilan birga skudetto uchun kurashga etibor qaratishi lozim.
Nikolo Barella (70 million evro)
Barella – vaziyatning yana bir qurboni. Dunyo birinchiligida A Seriyaning eng yaxshi yarim himoyachilaridan birini ko'rish qiziq bo'lardi. Nikolo "Inter"da ham, Italiya terma jamoasida yaxshi o'ynaydi, ammo u Qatarga yo'llanma ola bilmadi. Nazariy jihatdan Barellada ham, Kezada ham jiddiy xalqaro turnirlarda ishtirok etish uchun etarlicha vaqt bor. Italyanlar ularga o'ta olishadimi? "Skuadra adzurra" qayta qurilmoqda va bu jarayon qancha davom etishini hech kim bilmaydi. Bunday jarayonlar har doim ham oson va tez o'tmaydi.
Luis Dias (75 million evro)
Dias "Liverpul"ga o'tganidan beri yaxshi o'ynaydi. Ammo, "qizillar" vingeri JCHda o'zini ko'rsata olmaydi, sababi Kolumbiya terma jamoasi mudialga chiqa olmadi. Kolumbiyaliklarda yaxshi jamoa bor, ammo baribir Janubiy Amerikadagi saralashdan o'ta olmadi. Bu mersiaydliklar uchun yaxshi, sababi Dias mavsumni davom ettirish uchun yangi kuch bilan keladi."Liverpul"ning Premer-ligadagi ishlari yaxshi emas, shu sabab "qizillar" JCH-2022dan so'ng maksimal tarzda kuchli tarkibga ea bo'lishlari muhim.
Muhammad Salah (80 million evro)
Jahon chempionatiga bormagan "Liverpul"ning yana bir vakili. Misr Senegalga penaltilar seriyasida yutqazgan holda, JCH-2022dagi saralashdan o'tmadi. O'shanda Muhammad Salah ham 11 metrlik nuqtadan gol ura olmadi va bu jamoani deyarli Qatar yo'llanmasidan mahrum qildi. "Qizillar" uchun esa bunday muhim o'yinchining mavsumni davom ettirish uchun dam olishi yaxshi. Ammo, futbolchi mundialga borishni afzal ko'rgan bo'lardi. Salahda yana shunday imkoniyat yuzaga kelishi aniq emas. Misrliklarda tarkib juda kuchli emas.
Erling Xoland (170 million evro)
Dunyoning eng qimmat o'yinchilaridan biri JCH-2022ga yo'l olmaydigan bo'ldi. Norvegiya terma jamoasi Erling Xoland bilan JCHdan chetda qoldi. Boshqa tomondan, "Manchester Siti" forvardida so'nggi paytlarda sog'liq bilan muammolar bor va uning mundialga qanday formada kelishi nomalum bo'lardi. Ammo, har qanday holatda ham bunday o'yinchilar katta turnirlarda ishtirok etishi shart. Xolandda hali hammasi oldinda, shunga qaramay u hozirdanoq Norvegiya terma jamoasining bosh yulduzi sanaladi. Bu yosh hujumchiga yordam berishi ham mumkin, salbiy tasir qilishi ham mumkin, ammo hozircha Erling befarq qolmoqda.
Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar