So’nggi yangiliklar

18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0

18 apr 18:55
Yangiliklar

Futbol

JCH-2026`da transport shoki: "Metlayf Stedium"ga borish 150 dollarga tushadi!

2026 yilgi Jahon chempionati mezbonlaridan biri bo'lgan Nyu-Jersi shtati turnir vaqtida transport narxlarining rekord darajada oshishini elon qildi.

"Nyu-Jersi Tranzit" tashkilotining qarori muxlislar uchun kutilmagan sovg'a bo'ldi. Endilikda muxlislar Nyu-Yorkning Pensilvaniya vokzalidan "Metlayf Stedium" stadionigacha poezdda borib-kelish uchun 150 dollar to'lashlari kerak bo'ladi. 

Taqqoslash uchun, hozirda ushbu yo'nalishdagi chipta narxi bor-yo'g'i 12,90 dollarni tashkil etadi. Demak, narxlar 11 barobardan ko'proqqa oshgan.

Transport tizimidagi boshqa o'zgarishlar:

Avtobus qatnovi: Muqobil sifatida yo'lga qo'yiladigan avtobuslarda bir kishilik joy narxi 80 dollar etib belgilandi.

Imtiyozlar yo'q: Bolalar, qariyalar va nogironligi bo'lgan shaxslar uchun hech qanday chegirmalar ko'zda tutilmagan.

Sotuv muddati: Avtobus chiptalari bugun, 17 apreldan sotuvga chiqadi, poezd chiptalari esa 13 maydan boshlab sotiladi. Ularni oldindan sotib olish shart.

"Nyu-Jersi Tranzit" bosh direktori Kris Kolluri ushbu qarorni tashkilotning 200 million dollarlik deficitini qoplash va xarajatlarni chiqarish istagi bilan izohladi: "Biz pul ishlab olishga yoki tamagirlik qilishga urinayotganimiz yo'q, shunchaki xarajatlarni qoplashga harakat qilyapmiz".

SHuningdek, mutasaddilar mahalliy aholini o'sha kunlari iloji bo'lsa uydan ishlashga chaqirishmoqda va taksi hamda karshering ilovalarida ham narxlar keskin ko'tarilishidan ogohlantirishmoqda.

Eslatib o'tamiz, JCH-2026ning final uchrashuvi aynan Nyu-Jersidagi "Metlayf Stedium"da bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Ko'rinib turibdiki, finalni stadionda ko'rish muxlislar uchun nafaqat chipta, balki yo'l xarajatlari jihatidan ham ancha qimmatga tushadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing