30 may 13:41
Yangiliklar
Jek Della Maddalena UFC 305 turniridan "echildi" + FOTO
Jek 17 avgust kuni Avstraliyaning Pert shahrida o'tkaziladigan UFC 305 turnirida oktagonga chiqishi kerak edi. Maddalenani jarrohlik amaliyotidan keyin o'zini yomon his qila boshlagan. SHifokorlar unga muolajalarni davom ettirishni maslahat berishgan.
2016 yilda MMAdagi faoliyatini boshlagan 27 yoshli Jek Della Maddalena 2022 yildan UFC promoushenida o'z janglarini o'tkazib kelyapti. U UFC`da oktagonida 7 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. So'nggi jangini shu yil mart oyida UFC 299 turniri doirasida chempionlik uchun sobiq davogar, braziliyalik Gilbert Byornsga qarshi o'tkazib, raqibini uchinchi raundda nokautga uchratgandi.
Katta ehtimol bilan Maddalena navbatdagi jangini qozog'istonlik mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan aralash yakkakurash ustasi SHavkat Rahmonovga qarshi o'tkazadi. Pertdagi turnirning markaziy jangi esa o'rta vazn toifasida UFC chempioni Drikus Dyu Plessi hamda kamarning sobiq sohibi Israel Adesanya o'rtasida o'tkazilishi kutilmoqda.
Fikrlar