24 mar 11:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Jek Pol UFC daromadi va jangchilar gonoraridagi sezilarli farqni aytdi
Taniqli bloger Jek Pol yana bir bor UFCdagi gonorar muammosiga to'xtaldi.
"UFC gonorarlarni 2005 yilga qaraganda 600 %ga oshirganini bir necha bor takidlagan. Biroq, promoushenning daromadi shu vaqt oralig'ida 1700 %ga, sof foyda esa 6200 %ga o'sgan. Bu jangchilarning gonorari oshishidan 10 barobar ko'proq", - deb yozgan Pol Tvitter sahifasida.
Avvalroq, Jek bir necha bor UFC prezidenti Dana Uaytni tanqid qilib, promoushen jangchilarga kam gonorar to'lanayotganini aytgan edi. Yaqinda Pol UFCga har bir jang g'olibi uchun 50 ming $ miqdorida bonus to'lash taklifi bilan chiqqan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar