26 may 14:44
Yangiliklar
Tennis

Jeneva (ATP). Novak Jokovich faoliyatidagi 100-sovrinini qo'lga kiritdi
Dunyoning oltinchi raketkasi Novak Jokovich tarixiy natija qayd etdi.
Serbiyalik tennis afsonasi SHveycariyaning Jeneva shahrida yakuniga etgan ATP 250 turnirida chempion bo'ldi. U qiyin kechgan hal qiluvchi final uchrashuvida Polsha vakili, ATP reytingida 31-o'rinni egallab turgan Xubert Gurkachni tay-breklarda mag'lub etishni uddaladi - 5/7, 7/6(2), 7/6(2).
Tennischilarning o'zaro sakkizta uchrashuvining barida Novakning qo'li baland kelgan. Uch soatu 8 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 6, Gurkach 19 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Bu Jokovichning faoliyatida qo'lga kiritgan yubiley 100-tituli bo'ldi.
Serbiyalik tennischi bir haftalik mehnatidan 250 ochko va 90,675 evro mukofot puli ishlab oldi. Gurkach esa 52 890 evro hamda 165 ochkoga ega bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar