30 iyu 09:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Jermall CHarlo WBC kamarini ilk bor himoya qildi
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBC chempioni Jermall CHarlo AQSHning Xyuston shahrida ilk himoya jangini o'tkazdi.
CHarlo 12 raundga mo'ljallangan jangda vatandoshi Brendon Adamsga qarshi ringga ko'tarildi. Jang g'olibi hakamlarning bahosiga ko'ra aniqlandi. Unda chempion 120-108, 120-108, 119-109 hisobida g'alaba qozondi.
Jang davomida CHarloning 634 ta zarbasidan 151 tasi aniq chiqdi. Adams esa 334 ta zarbadan 73 tasini aniq yo'lladi. CHarlo bu jangga qadar vaqtinchalik WBC chempioni bo'lib turgandi.
Havola :
Fikrlar