22 avg 17:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Jervonta Devis shaxsiy samolyotida falokatga uchradi + FOTO
Taniqli bokschining hayotiga hech qanday zarar etmagan.
Taniqli boksi Jervonta Devis o'z shaxsiy samolyotida falokatga uchradi. Ushbu hodisa 21 avgust kuni sodir bo'lgan. SHaxsiy samolyot Lauderdeyl aeroportidan havoga ko'tarilish chog'ida uning old tumshuq qismida muammo chiqqan.
SHundan so'ng, samolyotning oldingi g'ildiragi uzilib tushgan va uchoq erga qulagan. Samolyot bortida 10 nafar yo'lovchi va 4 nafar ekipaj azolari bo'lgan.
Bokschi, uning yaqinlari va ekipaj azolariga hech qanday ziyon etmagan.
Bokschining o'zi ushbu hodisa yuz berishidan biroz avvalgi suratini "Instagram" sahifasiga joyladi:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar