11 noy 08:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Jessi Rodriges nokaut evaziga WBC kamarini himoya qildi
AQSHning Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshom doirasida birinchi o'ta engil vazn toifasida WBC chempioni, The Ring jurnali talqini bo'yicha P4P reytingida Top-10`talikka kiruvchi Jessi Rodriges o'z kamarini majburiy davogar va shu bilan birga vaqtinchalik chempion Pedro Gevaraga qarshi jangda himoya qildi.
Rodriges ikki vazn toifasida jahon chempioni hisoblanadi. Meksikalik 36 yoshli Gevaraga qarshi jang uchinchi raundda to'xtatildi. Ketma-ket ikkita nokdaundan so'ng referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Bu g'alaba 24 yoshli Jessiga o'z vaznidagi kamarlarni birlashtirish imkoniyatini oshirdi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar