14 sen 15:04
Yangiliklar

Jeyk Pol MMA jangchilariga: Bolakaylar, siz boks tusha olmaysiz!
Jeyk MMA jangchilari boks qoidalari bo'yicha o'tkaziladigan jangda unga teng kela olishlariga shubha qilmoqda.
«So'nggi ikki yil ichida men to'rtta jang o'tkazdim. Agar siz katta janglarda ishtirok etsangiz, bu vaqt ichida mendan-da ko'proq jang o'tkazishning sira iloji yo'q. MMAning kuchlilarini navbatga qo'ying, men ularni birma-bir engaman. Bolalar, siz qanday boks tushishni bilmayapsiz. Men UFC'ning besh karra chempionini mag'lub etdim. Vitor Belfort g'alaba qozonishga ham yaqin kelmadi.
Yigitlar, siz boksning yomon jihatlari haqida hech narsa bilmaysiz! Men hozirgina eng yaxshi MMA jangchilaridan biri bilan jang qildim va uni urdim, jarohatlangan tirsaklar bilan jangga chiqdim. Xullas, qo'rqaman deganlarga joyini ko'rsatib qo'yishim mumkin», - dedi Pol «MMA vaqti» ko'rsatuviga bergan intervyusida.
Avvalroq, Jeyk Pol, agar Triller promouterlik kompaniyasi rahbariyati bank hisob raqamida o'ttiz million dollari borligini isbotlasa, Vitor Belfort bilan uchrashuv bo'yicha muzokaralarni boshlashga tayyorligini malum qilgan edi.
Fikrlar