23 mar 16:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Jeyk Pol UFC rahbariga taklif bilan chiqdi
Bloger Jeyk Pol UFC'dagi har bir jang g'olibi uchun bonus berish kerak degan taklif bilan chiqdi.
"Menga jangchilarga pul to'lashgani yoqadi. Menda reja bor: har bir jang g'olibiga 50 ming dollardan berish kerak. Bu degani har bir turnirda 600 ming dollar bonuslarga ajratiladi.
UFC yil davomida 45 ta turnir o'tkazadi va o'rtacha har bir turnirda 12 tadan jang bo'lsa, 27 million dollar (UFC foydasining 2,7 foizini) bonuslarga ishlatgan bo'ladi. Agar yorqin jang ko'rsatadigan bo'lsa, unga yana qo'shimcha pul berish kerak. Rejam qalay?", - deb yozib qoldirgan Pol.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar