18 apr 09:01
Yangiliklar
Basketbol

Jeyson Teytumning ochkosi "Boston Seltiks"ga "Bruklin Nets" ustidan g'alaba keltirdi
Bostondagi "TD Garden" arenada NBA pley-off ceriyasining SHarqiy konferenciyasi 1/8 final bosqichining birinchi o'yini bo'lib o'tdi.
Unda "Boston Seltiks" jamoasi "Bruklin Nets"ni qabul qildi. Uchrashuv 115:114 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo'ldi. Jamoalar birinchi bo'limni durang bilan yakunlab, 57:57 hisobida tanaffusga chiqib ketishdi. Uchinchi chorakda mezbonlar 11 ochkolik ustunlikni taminladilar, ammo so'nggi o'n ikki daqiqalikda "Bruklin" avvaliga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi, keyin esa oldinga chiqib oldi.
Uchrashuv natijasini Jeyson Teytum hal qildi, u o'yin yakunida ikki ochko jamg'ardi va o'z jamoasiga seriyadagi birinchi g'alabani keltirdi. Bahsning eng sermahsul o'yinchisi Kayri Irving bo'ldi, u 39 ochko jamg'ardi. "Boston"da Teytum 31 ochko bilan eng yaxshi basketbolchi bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar