So’nggi yangiliklar

14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0

20 noy 13:49
Yangiliklar

Boshqalar

Jismoniy mehnat jismoniy tarbiyaning o'rnini bosa oladimi?

Inson tanasi doimiy harakatlanib turishga moslashgan.

Sababi, ko'p asrlar burun odamlar ham boshqa jonzotlar kabi o'z ozuqasini jismoniy harakati orqali topgan. Ammo, XX asr, yani fan-texnika asrining so'nggi choragiga kelib insonlar ko'proq aqliy mehnat orqali kun ko'radigan bo'lib qolishdi. Bu esa kamharakatlilik, buning ortidan kelib chiqadigan semizlik, ortiqcha vazn oqibatida kelib chiquvchi bir qator kasalliklarning ko'payishiga olib keldi.

Ko'pchilik kun davomida qilgan ishlarini misol keltirib, “biz jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini bajarmasak ham bo'ladi”, deyishadi. Ayniqsa, onaxonlarimiz “ertalab turib hovli supuraman, ovqat tayyorlayman, mana shularning o'zi ertalabki badantarbiyaning o'rnini bosadi”, deya takidlaydi.

Ammo bu ishlarni bajarayotganda xato qilmaslik uchun, aqlimizni ham faol ishlatamiz. SHuning uchun bu jismoniy tarbiya mashg'ulotlariga kirmaydi. Jismoniy tarbiya mashg'uloti paytida esa miya dam olib, faqatgina jismoniy harakatni amalga oshirishimiz kerak.

Kechki ovqatdan so'ng 3-4 kilometr piyoda sayr qilish taomning yaxshi hazm bo'lishiga foyda beradi. SHuningdek, kishining jismoniy faolligini ham oshirib, ko'p kasal bo'lishning oldini oladi.

SHunday ekan, jismoniy mehnatni jismoniy mashg'ulot yoki badantarbiya bilan adashtirmang. O'z vaqtida va muntazam jismoniy tarbiya bilan shug'ullaning va sog'lom bo'ling!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing