So’nggi yangiliklar

16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0 09:54“Президент Олимпиадаси” ва Осиё ўйинларига тайёргарлик жараёни кўриб чиқилди 0

20 noy 07:44
Yangiliklar

Tadbirlar

"Jismoniy tarbiya va sport" nashriyoti faoliyati yo'lga qo'yiladi

Teglar :  Jismoniya tarbiya
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligida “Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, aholini sog'lom turmush tarziga jalb qilish borasida ko'rilayotgan choralar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda Jismoniy tarbiya va sport vazirining o'rinbosari Avazjon Karimov, vazirlikning boshqarma boshlig'i Aziz Hasanov, O'zbekiston futbol associaciyasi bosh kotibi Avaz Maksumov hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Malumki, 2020 yil 3 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori ham qabul qilindi.

Mazkur qaror orqali O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg'ona filiali, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sportchilarning texnik-taktik, psixofiziologik holatini o'rganish va tahlil qilish bo'yicha maxsus ilmiy laboratoriyasi negizida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tashkil etiladi.

SHuningdek, Qarorda 2020 yil 1 dekabrdan boshlab Universitet respublikadagi barcha jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat tashkilotlari hamda sport federaciyalari (uyushmalari) faoliyati ustidan o'quv va ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirishi ham belgilab qo'yilgan.

Universitet huzurida jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yuritadigan Respublika ilmiy-uslubiy kengashi tashkil etiladi. 2021 yildan boshlab har yili jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga va sohadagi muammolarning ilmiy echimini taminlashga qaratilgan loyihalar tanlovlari muntazam tashkil etiladi.

2021/2022 o'quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent farmacevtika instituti va boshqa oliy talim muassasalarida sport tibbiyoti, farmakologiyasi, reabilitologiyasi, psixologiyasi va dietologiyasi mutaxassisliklari yo'lga qo'yiladi.

“Bugungi kunda sport sohasida ilm juda muhim. Hozir dunyoning rivojlangan davlatlarida sport sohasida chuqur tadqiqotlar olib borilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti esa mamlakatimiz sporti taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishga qodir olimlarni etishtirishga xizmat qiladi”, - dedi anjumanda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqarma boshlig'i Aziz Hasanov.

Prezident qarori bilan 2020 yilning yakuniga qadar sport-talim muassasalari hamda sport turlari bo'yicha federaciyalar (uyushmalar) uchun bosma nashrlarni chop etish maqsadida Universitetda «Jismoniy tarbiya va sport» nashriyoti va bosmaxona faoliyati yo'lga qo'yilishi haqida ham malumot berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing