So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

24 may 11:20
Yangiliklar

Bolalar sporti

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ishchi guruhi bugun Oltinko'l tumanida bo'lishdi

SHu kunlarda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Andijon viloyatida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, bu borada hududlardagi mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqda.

Kecha ishchi guruh vakillari Oltinko'l tumanida joylashgan bolalar-o'smirlar sport maktabida bo'lishdi. Ushbu tuman sportning gandbol, belbog'li kurash va futbol turlariga ixtisoslashtirilgan bo'lib, tuman aholisining keng qatlamlarini ham sportga jalb etish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Bugungi kunda Oltinko'l tuman bolalar-o'smirlar sport maktabida 34 nafar trener faoliyat olib bormoqda. SHundan 18 nafari oliy malumotli, 2 nafari tugallanmagan oliy malumotli bo'lsa, qolgan trenerlar o'rta-maxsus malumotga ega.

Sport maktabida 16 ta sport turi bo'yicha to'garaklarda jami 1227 nafar sportchi muntazam shug'ullanib kelishadi. Sport maktabida boks, futbol, gandbol, belbog'li kurash, o'zbek jang sanati, kikboksing va qo'l jangi sport turlarida eng ko'p sportchi yoshlar shug'ullanmoqda.

O'rganishlar natijasiga ko'ra, ishchi guruh Oltinko'l tumani BO'SMning bugungi faoliyatidan kelib chiqib, sport turlariga ixtisoslashuvi, moddiy-texnika bazasining holatini yanada rivojlantirish, sport inventarlari soni va bugungi holati, terma jamoa azolarini shakllantirish masalalari bo'yicha tuman sport bo'limi va BO'SM masullari bilan fikr almashishdi.

Ishchi guruhning Andijon viloyati bo'ylab safari davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, yakunda viloyat sportining bugungi holatini o'rgangan holda, hududlardagi taklif va ehtiyojlardan kelib chiqib, ishchi guruh tomonidan Andijon viloyatida sportni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo'yicha maxsus dastur ishlab chiqiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing