So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

05 apr 10:54
Yangiliklar

Bolalar sporti

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi kubogi sohiblari aniqlandi

Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish borasida Sirdaryo viloyatida ham muayyan ishlar olib borilmoqda.

Yangidan barpo etilayotgan ko'plab sport inshootlari zamonaviy jihozlar bilan taminlanmoqda. Viloyat yoshlari nufuzli sport musobaqalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olib kelishmoqda.

Muhtaram Prezidentimizning joriy yil 19 fevral kuni Sirdaryo viloyatiga qilgan tashrifi chog'ida bergan topshiriqlari barchamizni, ayniqsa, Sirdaryoliklarni yurt uchun fidoyi va masuliyatli bo'lib yashashga undadi.

Ayniqsa, viloyat yoshlarini jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, mavjud sport inshootlari quvvatidan samarali foydalanish, chekka-chekka qishloqlar hududida ham zamonaviy sport majmualari barpo etishni tashabbuskor tadbirkorlar hamkorligida amalga oshirish bo'yicha Sirdaryo tajribasini qo'llab-quvvatlanayotgani barchani ruhlantirmoqda.

Joriy yilning mart oyida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan bandligi taminlanmagan yoshlar o'rtasida “O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi kubogi” sport musobaqalari o'tkazildi.Voleybol, gandbol, mini-futbol, shaxmat, shashka, engil atletika, stol tennisi, badminton, suzish va velomarafon bo'yicha uchta yosh toifasi, yani 14-15, 16-17, 18-30 yoshlilar o'rtasida birinchi bosqich tuman (shahar)lar, ikkinchi bosqich tuman (shahar)larda g'olib bo'lgan yoshlar o'rtasida viloyat miqyosida ko'tarinki ruhda tashkil etildi. Musobaqaning tuman (shahar)lar bosqichida 11907 (3877 nafar qizlar) kishi ishtirok etdi. Viloyat bosqichida qatnashganlar soni 1917 (810 nafar qizlar) nafarni tashkil etdi. Yakunda uchta yosh toifasida umumjamoa hisobida o'rinlar aniqlandi.

 14-15 yosh, o'g'il bolalar:

1-o'rin - Guliston tumani

2-o'rin - Sayxunobod tumani

3-o'rin - Mirzaobod tumani

 

14-15 yosh, qiz bolalar:

1-o'rin - Sayxunobod tumani

2-o'rin - Guliston tumani

3-o'rin - Mirzaobod tumani

 

16-17 yosh, o'g'il bolalar:

1-o'rin - Sayxunobod tumani

2-o'rin - Mirzaobod tumani

3-o'rin - Guliston tumani

 

16-17 yosh, qiz bolalar:

1-o'rin - Guliston tumani

2-o'rin - Sayxunobod tumani

3-o'rin - Mirzaobod tumani

 

18-30 yosh, yigitlar:

1-o'rin - Sayxunobod tumani

2-o'rin - Guliston tumani

3-o'rin - Sirdaryo tumani

 

18-30 yosh, qizlar:

1-o'rin - Guliston tumani

2-o'rin - Mirzaobod tumani

3-o'rin - Sayxunobod tumani

“O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi kubogi” sport musobaqalarining taqdirlash marosimi joriy yilning 3 aprel kuni “Alpomish” sport majmuasida bo'lib o'tdi, taqdirlash marosimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari SH.Mo'minjonov, Sirdaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i I.O'roqov g'oliblarga kubok, diplom, medal va esdalik sovg'alarini topshirishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing