03 apr 17:40
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot kotibi koronavirusga qarshi kurash mavzusiga bag'ishlangan brifingda ishtirok etdi
Ushbu brifing “UzReport“, “O'zbekiston 24“ telekanallari va “O'zbekiston 24“ radiokanali orqali efirga uzatildi.
SAVOL: Malumki, karantin tufayli sport talim muassasalarining ish faoliyati to'xtatildi va ularning qachondan ish boshlashi aniq emas. SHunday ekan, karantin davrida yosh sportchilarning talim jarayoni qanday kechadi?
JAVOB: 2020 yil 16 martdan boshlab O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug'i bilan tizimdagi barcha sport talim muassasalari nomalum muddatga yopildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF–5969-sonli “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy tasirini yumshatish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoniga muvofiq, Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug'i asosida tizimdagi sport talim muassasalarida masofaviy talim jarayonini tashkil etildi.
SHu munosabat bilan, vazirlik tizimidagi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari hamda Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida joriy yil 30 martdan boshlab barcha talim jarayonlari masofadan – uydan turib amalga oshirilmoqda.
SHu o'rinda raqamlarga etibor qaratadigan bo'lsak, ayni vaqtda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kunduzgi va sirtqi yo'nalishlarni qo'shib hisoblaganda jami 7 160 nafar talaba tahsil olmoqda. Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida 8 928 nafar o'quvchi, shuningdek Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida esa 3 364 nafar o'quvchi sport sohasidagi mahoratlarini oshirib kelmoqda. Vazirlik tomonidan olib borilgan monitoring natijalariga ko'ra, o'tgan qisqa vaqt mobaynida IOZMIlardagi 8 928 nafar o'quvchi-sportchidan 7 680 nafari masofaviy tarzdagi mashg'ulotlarni o'zlashtirishgan, shulardan 7 245 nafari esa trener-o'qituvchilar tomonidan baholangan. Ammo 1 221 nafar yosh sportchi bilan bog'lanishning imkoni bo'lmadi. Bunga sabab qilib, o'sha sportchi istiqomat qiladigan hududda aloqa sifatining yomonligi yoki internet ishlamasligini ko'rsatish mumkin. Bu esa karantin davrida barcha korxona-tashkilotlarning o'zaro hamkorlikda ishlashi lozimligini anglatadi. Bazi holatlarda esa o'quvchi-sportchilar telefon qo'ng'iroqlariga javob berishmaganligini ham takidlash joiz.
Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida tahsil olayotgan 3 364 nafar o'quvchidan 2 763 nafari berilgan mavzu va topshiriqlarni o'zlashtirgan. Ularga masofaviy tarzda mashg'ulotlarni o'tish uchun 187 nafar trener-o'qituvchi jalb qilingan. Ortda qolgan davr mobaynida Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining 603 nafar o'quvchisi bilan ham bog'lana olinmagan.
SHuningdek, har bir sport talim muassasasida o'quvchilar uchun amaliyot jarayonlarini masofadan turib amalga oshirish choralarini ko'rish maqsadida o'quv rejasi ishlab chiqildi va trener-o'qituvchilar tomonidan o'zlariga biriktirilgan o'quvchilarga sport mashg'ulotlari jadvalidan kelib chiqib, masofadan turgan holda har kunlik vazifalar berib borilmoqda va berilgan vazifa va normativlarning o'quvchilar tomonidan bajarilishi ham doimiy nazorat qilib boriladi.
SAVOL: O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining talabasiman. 2019-2020 o'quv yilining 2-semestr darslari qachondan davom ettirilib, qachon tugaydi? Qolaversa, karantin davrida talabalarga stipendiyalar to'lanadimi?
JAVOB: O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari uchun universitet professor-o'qituvchilari tomonidan bahorgi semestrda o'tiladigan fanlar bo'yicha elektron resurslar yaratildi va bu jarayon hamon davom etmoqda. Jumladan, universitetda mavjud kafedralarning ijtimoiy tarmoqlardagi, yani hozirgi kunda keng ommalashgan telegram messenjerida maxsus kanallari ochilib, ularga talabalar uchun bahorgi semestrda o'tiladigan fanlar bo'yicha malumotlar, chunonchi maruza matnlari, videomashg'ulotlar, slaydlar va h.k. joylab borilmoqda. Mazkur malumotlar universitetning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari hamda @masofaviytaʼlimuzdjtsu telegram kanalida ham berib borilayapti.
SHuningdek, universitetning o'quv-uslubiy bo'limi va kafedralari tomonidan talabalarni bahorgi semestrda o'qitiladigan fanlar bo'yicha masofaviy baholash hamda bitiruvchi bosqich talabalarining davlat imtihonlarini masofaviy o'tkazish mezonlari ishlab chiqildi va tez orada amaliyotga tatbiq etiladi.
Karantin davrida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalariga stipendiyalarni to'lashda hech qanday muammo bo'lmaydi. Talabalar karantin davrida stipendiyalarni to'liq olishadi.
SAVOL: Men bolalar va o'smirlar sport maktabida trener-o'qituvchi bo'lib ishlayman. Rejaga ko'ra aprel oyida malaka oshirish kurslariga borishimiz kerak edi. Karantin davrida bu jarayon qanday kechadi yoki malaka oshirish kurslari keyinroqqa qoldiriladimi?
JAVOB: Takidlab o'tganimizdek, 2020 yil 16 martdan boshlab O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha sport talim muassasalarining ish faoliyati nomalum muddatga to'xtatilgandi. Jumladan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va uning filiallarida ham o'quv jarayonlari to'xtatilib, masofaviy talim tizimiga o'tildi. SHu o'rinda takidlash kerak, 2020 yil mart oyida Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va uning filiallaridagi malaka oshirish kurslariga jami 1 224 nafar tinglovchi qabul qilindi.
SHundan:
76 nafari maktabgacha talim tashkilotlari jismoniy tarbiya instruktorlari;
498 nafari umumtalim muassasalari jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari;
18 nafari sport talim muassasalari rahbar o'rinbosarlari;
20 nafari sport talim muassasalari instruktor-metodistlari;
532 nafari sport talim muassasalarining trener-o'qituvchilari;
36 nafari nodavlat tashkilotlarining trenerlari;
29 nafari oliy talim muassasalari jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari;
15 nafari akademik licey jismoniy tarbiya fani o'qituvchilaridir.
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020 yil
16 martdagi 354-sonli buyrug'iga asosan mart oyida chaqirilgan malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun mashg'ulotlar masofaviy talim –
masofa-talim.sportedu.uz veb ilovasi shakliga o'tkazildi.
masofa-talim.sportedu.uz veb ilovasiga Malaka oshirish yo'nalishlari bo'yicha namunaviy o'quv reja (6 ta) va dasturlari (6 ta), ishchi o'quv rejalari (6 ta) ishchi dasturlari (71 ta), modullar bo'yicha o'quv-uslubiy majmualar (71 ta) hamda 3000dan ortiq testdan iborat testlar banki joylashtirildi.
Markazning sportedu.uz veb sayti hamda minsportmarkaz telegram kanaliga ham doimiy ravishda modullar bo'yicha o'quv-uslubiy majmualar joylashtirib borilmoqda.
Markaz tinglovchilarini masofadan turib talim olishlari uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida sportedu.uz veb saytida elektron kutubxona lib.sportedu.uz yaratildi. Kutubxonaga 200 dan ortiq adabiyotlar (darsliklar, o'quv qo'llanmalari, uslubiy qo'llanmalar, namunaviy dasturlar) joylashtirildi.
SHuningdek, professor-o'qituvchilar tomonidan o'qitilayotgan fanlar bo'yicha tegishli mavzulardan video-darslar tayyorlanib, bosqichma-bosqich tayyorlangan video-darslar YouTube kanalidagi markazning SPORT MARKAZ ONLINE VIDEO DARSLAR sahifasiga joylashtirib borilmoqda.
Malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun sportedu.uz veb sayti hamda masofa-talim.sportedu.uz veb ilovasidan foydalanish bo'yicha yo'riqnoma Markazning minsportmarkaz telegram kanali orqali elon qilindi.
2020 yil mart oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun kurs yakuni bo'yicha yakuniy attestaciya, yani onlayn test sinovlari 2020 yil 1-3 aprel kunlariga rejalashtirilgan va hozirda bu jarayon davom etmoqda.
Tinglovchilar onlayn test sinovlari dasturiga sportedu.uz veb sayti hamda minsport_markaz telegramm tarmog'i orqali ulanadi.
Hozirda sport talim muassasalari rahbar o'rinbosarlari, instruktor-metodistlari va maktabgacha talim tashkilotlari jismoniy tarbiya instruktorlari uchun yakuniy attestaciya onlayn test shaklida o'tkazilmoqda.
Malaka oshirish markazi va uning filiallariga 2020 yil aprel oyida malaka oshirish kurslariga jami 1166 nafar tinglovchi chaqirilishi belgilangan.
SHundan:
104 nafari maktabgacha talim tashkilotlari jismoniy tarbiya instruktorlari;
532 nafari umumtalim muassasalari jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari;
24 nafari sport talim muassasalari rahbar o'rinbosarlari;
44 nafari sport talim muassasalari instruktor-metodistlari;
436 nafari sport talim muassasalarining trener-o'qituvchilari;
26 nafari oliy talim muassasalari jismoniy tarbiya fani o'qituvchilaridir.
Lekin, mehnat kodeksining 166-moddasida ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish vaqtida beriladigan kafolatlar bandida ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish – malaka oshirish, racionalizatorlik takliflarini joriy etish ishida qatnashish, xizmat safarida bo'lish, tibbiy ko'rikdan o'tish va boshqa hollarda xodimni ishdan ozod etish shartlari, shuningdek ana shu davr uchun to'lanadigan kafolatli to'lovlar miqdori jamoa shartnomalarida belgilab qo'yiladi, lekin bu to'lov miqdori o'rtacha ish haqidan kam bo'lmasligi kerak deyilgan.
SHu munosabat bilan jismoniy tarbiya bo'yicha mutaxassislarining masofaviy malakasini oshirish kurslari mutaxassislar mehnat tatilidan qaytganidan so'ng boshlanishini malum qilamiz.
SAVOL: “Navro'z” bayramiga bag'ishlab joriy yil 22 mart kuni II Toshkent Xalqaro marafoni o'tkazilishi belgilangan edi. Ammo, yurtimizga koronavirus pandemiyasi kirib kelishi munosabati bilan elon qilingan karantin sababli bu sport tadbiri qoldirildi. Uning qachon o'tkazilishi borasida malumot bersangiz. Qolaversa, marafonda qatnashish uchun amalga oshirgan to'lovlarning taqdiri nima bo'ladi?
JAVOB: Darhaqiqat, joriy yil 22 mart kuni poytaxtimizda II Toshkent Xalqaro marafoni o'tkazilishi belgilangan edi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi ham qabul qilingan va mazkur sport anjumanini yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha choralar ko'rilayotgan edi. Biroq, koronavirus pandemiyasining qisqa muddat ichida dunyo bo'ylab keng tarqalishi natijasida II Toshkent Xalqaro marafoni joriy yilning 11 oktyabr sanasiga qoldirildi.
SHu kungacha marafon poygalarida qatnashish uchun jami dunyoning 30dan ortiq davlatidan jami qariyb 2 000ga yaqin ishtirokchi ro'yxatdan o'tishgan. SHundan 210 kishi to'liq marafon, yani 42 km 195 metrga bo'ladigan poygada qatnashish istagini bildirgan bo'lsa, 680 nafar ishtirokchi yarim marafon, qolganlar esa
3 km hamda 1,5 km masofaga ommaviy yugurish musobaqalarida qatnashish uchun buyurtma berishgan. Marafon musobaqalarida qatnashish uchun amalga oshirilgan to'lovlarga kelsak. Musobaqa qoldirilgunga qadar taxminan 90 million so'm atrofida ishtirokchilar tomonidan badal puli to'langan bo'lsa, ayni paytgacha shundan 18 million so'mdan ortiqrog'i o'z egalariga qaytarib berilgan. SHu o'rinda takidlash kerak, O'zbekiston engil atletika federaciyasi o'z rasmiy veb-sayti orqali elon berib, II Toshkent Xalqaro marafonida qatnashish uchun to'lov amalga oshirgan yurtdoshlarimizga federaciyaga kelib, amalga oshirilgan to'lovni qaytarish uchun hisob raqam, u plastik kartochka raqami yoki yuridik shaxs bo'lsa hisob raqamini taqdim etishi yoki o'sha to'langan pul bilan joriy yil 11 oktyabrda o'tkaziladigan musobaqalarda qatnashishi mumkinligi haqida malumot bergan. Qolaversa, II Toshkent Xalqaro marafoniga doir batafsil malumotlarni www.uzmarathon.uz sayti orqali olishingiz mumkin.
SAVOL: Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari bir yilga kechiktirildi. Bu o'zbek sporti uchun ijobiy holatmi yoki salbiy?
JAVOB: Hammaga malumki, sportchilar ham, keng jamoatchilik ham joriy yil 24 iyuldan 9 avgustiga qadar Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo'lib o'tishi kutilayotgan Olimpiya o'yinlarini intiqlik bilan kutayotgan edi. Ammo, bugungi kundagi vaziyat nufuzli musobaqaning o'z vaqtida o'tkazilishiga to'sqinlik qildi. Sababi, koronavirus epidemiyadan pandemiyaga aylanib butun dunyoni qamrab oldi. Bu esa Olimpiya o'yinlarini boshqa davlatda o'tkazish imkoniyatini ham yo'qqa chiqardi. SHu boisdan Xalqaro Olimpiya qo'mitasi va Yaponiya hukumati o'zaro kelishgan holda Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarini 2021 yilning yozida o'tkazishga qaror qilishdi.
Olimpiya o'yinlarining qoldirilishi nafaqat O'zbekiston, balki butun dunyo sportchilari uchun ijobiy hol, deyish mumkin. Sababi, koronavirus pandemiyasi sabab ko'plab licenzion turnirlarning o'tkazilish sanasi o'zgartirildi yoki musobaqa butunlay bekor qilindi. Bekor qilingan licenzion turnirlar esa sportchilarda norozilik kayfiyatini keltirib chiqarishi mumkin edi. Boisi musobaqa o'tkazilmasa Olimpiya o'yinlari uchun licenziyalar sportchilarning avvalgi natijalariga qarab bo'lib berilardi. Bu esa adolat tamoyilining buzilishiga olib keladi.
O'zbekistonlik sportchilar ham belgilangan licenziyalarni to'liq qo'lga kiritib ulgurishmagan edi. Misol uchun, hattoki bokschilarimiz ham 7 ta yo'llanmani naqd qilishgan va biz to'liq tarkib bilan qatnasha olmasdik. Bu esa natijalarga o'z tasirini o'tkazmay qolmasdi. Qisqa qilib aytganda Olimpiya o'yinlarining qoldirilishi – sportchilarning etarli darajada tayyorgarlik ko'rishlari uchun qo'shimcha vaqt va imkoniyat degani. Ular yanada tajribaliroq bo'lib nufuzli turnirga borishadi.
SAVOL: Karantin davrida sportchilarning jismoniy holati pasayib ketishi mumkin. Bu esa ularning natijalariga salbiy tasir ko'rsatadi. Buning oldini olish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
JAVOB: To'g'ri, Tokio Olimpiadasi 2021 yilga qoldirildi. Biroq, Olimpiada o'yinlarining qoldirilishi sport hayoti ham to'xtadi, degani emas. Garchi, to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi kechiktirilgan bo'lsa-da, sport turlari bo'yicha jahon va qita chempionatlari, Xalqaro gran-pri turnirlari, qolaversa licenzion musobaqalar vaqti-soati bilan yana davom ettiriladi. SHunday ekan, mashg'ulotlar ham davom etadi.
Olimpiya sport turlari bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoalari azolari uchun tashkil etiladigan barcha o'quv-mashg'ulot yig'inlari rasman 25 martdan vaqtincha to'xtatildi. Ayni paytda mamlakatimiz bo'ylab karantin rejimi amal qilayotgan bo'lsa ham bu sportchilarimizni to'xtatib qolayotgani yo'q. Har bir sport turi bo'yicha atletlarimiz uy sharoitida muntazam mashg'ulotlar olib borishmoqda. Ularning mashg'ulotlarni olib borish jarayoni “Tezkor shtab” tomonidan muntazam monitoring qilib borilmoqda.
Fikrlar