31 okt 09:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Saidyoqub Qahramonov: "O'zbekistonda jang qilishni istardim"
Cobiq UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov oxirgi g'alabasidan keyingi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Hamyurtimiz 23 oktyabr kuni Dubaydagi ACA 194 turnirida misrlik Omar El Bilini bo'g'ish usuli orqali taslim etgandi.
"MMAda anchadan buyon jang qilmayotgandim. Endi aktiv tarzda jang qilib turmoqchiman. Qachon jang berishsa, shunda chiqishga tayyorman. Eshitishimcha, ACA O'zbekistonda shou uyushtirmoqchi, men o'sha turnirda jang qilishni istardim. Raqib kim bo'lishining esa farqi yo'q", dedi Qahramonov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar