20 noy 09:31
Yangiliklar
Xabibning eng ishongan shogirdi Singapurda oktagonga chiqdi
Oqshom doirasida rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Saygid Izagaxmaev yaponiyalik tajribali SHinya Aokiga qarshi jang o'tkazdi. Saygid Xabib Nurmagomedov maqtagan jangchi bo'lib, uning burchagida engil vaznda yangi UFC chempioni Islam Maxachev ishladi.
Usman Nurmagomedovning Bellator chempionligini qo'lga kiritganidan bir sutka ham o'tmay, Xabib Nurmagomedov jamoasining yana bir azosi yorqin g'alabaga erishdi. Saygid Izagaxmaev birinchi raundning o'zida raqibini texnik nokautga uchratdi. Referi 1 daqiqayu 26-soniyada jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Ushbu tezkor g'alaba unga kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 ming dollarlik bonusni ham taqdim etdi. 28 yoshdi Saygid Izagaxmaev jang yakunlanganidan so'ng keyingi raqibi sifatida amaldagi ONE promousheni chempioni Kristian Lini ko'rish istagida ekanini malum qildi.
Fikrlar