31 okt 08:05
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Bugun Bobur Qurbonov sobiq UFC jangchisiga qarshi ringga chiqadi + POSTER
Bugun Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida qo'lqopsiz janglar bo'yicha IBA Bare Knuckle II turniri tashkil etiladi.
			Musobaqada o'zbekistonlik MMA Series Ligasi sobiq chempioni Bobur Qurbonov ham ishtirok etadi. Unga rossiyalik sobiq UFC jangchisi Denis Tyulyulin raqib bo'ladi.
Jang professional qo'lqopsiz janglari qoidasi bo'yicha o'tkaziladi (2 daqiqadan 3 raund). Turnirning Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi belgilangan.
Tyulyulin 3 avgust kuni Abu-Dabidagi UFC turniri doirasida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboevdan engilgan amerikalik Sedrik Dyumaga mag'lub bo'lib, UFC'ni tark etgandi. Bobur Qurbonov esa oxirgi jangini o'tgan yilning dekabr oyida Hardcore FC Ligasida gruziyalik Tornike Svanidzega qarshi o'tkazib, imkoniyatni boy bergandi.
Musobaqaning to'liq kardi:

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar