31 okt 09:08
        Yangiliklar	
	 
				Ertaga tunda o'tkaziladigan UFC Fight Night 263 turnirining to'liq kardi
UFC Apex arena mezbonlik qiluvchi oqshom kardidan jami 13 ta jang o'rin olgan. Asosiy jang yarim engil vazn toifasida o'tkaziladi. Unda divizion reytingida 12-o'rinni egallab turgan Stiv Garsiya 13-pog'onada borayotgan Devid Onamaga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Ahamiyati jihatidan ikkinchi jang esa og'ir vazn toifasida tashkil etiladi. Unda reytingning oltinchi va to'qqizinchi pog'onalarini egallab turgan Valdo Kortes-Akosta hamda Ante Deliya o'zaro to'qnash keladi.
UFC Fight Night 263 asosiy kard janglari:
Yarim engil vazn: Stiv Garsiya – Devid Onama
Og'ir vazn: Valdo Kortes-Akosta – Ante Deliya
Yarim o'rta vazn: Jeremaya Uells – Temba Gorimbo
Yarim engil vazn: Ayzek Dulgaryan – Yade Del Valle
Yarim o'rta vazn: CHarli Radtke – Deniel Frunza
Kelishilgan vazn: Allan Nasimento – Kodi Darden
Prelim kard janglari:
Yarim og'ir vazn: Billi Elikana – Kevin Kristian
O'ta engil vazn: Timoti Kuamba – CHan Xo Li
O'rta vazn: Donte Jonson – Sedrik Dyuma
Ayollar o'ta engil vazn: Ketlen Viera (#3) – Norman Dyumont (#4)
Ayollar minimal vazn: Alisa Ardelean – Montserrat Ruis
Yarim o'rta vazn: Filip Rou – Ko Sokxyon
Ayollar minimal vazn: Talita Alenkar – Ariane Karnelossi
UFC Fight Night 263 turniri bizning vaqt bilan yakshanba kuni soat 01:00da boshlanadi. Asosiy kard janglari taxminan soat 04:00da boshlanadi.

 
			
Fikrlar