So’nggi yangiliklar

17:03Ўзбекистон терма жамоаси самбочилари Грециядаги жаҳон чемпионатида иштирок этишади 0 16:55Осиё ўйинлари. Ўзбекистонлик спортчиларнинг барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 16:00Манба: Отабек Шукуров фаолиятини Европада давом эттиради 0 19:30Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 19:09Президент шахматчиларимизни тақдирлаб, Янги Тошкентда 500 ўринли шахмат саройи қуришни таклиф қилди 0 18:44Буюк Британия парламенти аъзоси "Манчестер Сити"ни АПЛдан четлатишга чақирди 0 18:15Осиё ўйинларининг ўнинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:48Осиё ўйинларининг ўнинчи кунини 3 та медаль билан якунладик: уларнинг 2 таси олтин! 0 17:18Таэквондочиларимизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:43"Манчестер Сити" АПЛ томонидан қўйилган айбловларга жавоб қайтариш ниятида 0 16:09Осиё ўйинлари: эртага тўрт нафар боксчимиз ярим финалда жанг қилади 0 15:16Осиё ўйинларига бормаган боксчиларимиз Хитойдаги турнирда қатнашишди 0 14:35Осиё ўйинларининг дзюдо беллашувларига қуръа ташланди. Ҳамюртларимизнинг илк рақиблари маълум 0 12:13Диёра Келдиёрова узоқ танаффусдан кейин татамига қайтмоқда! 0 10:00Акбар Жўраев жаҳон рекордини янгилаб, Осиё ўйинлари чемпионига айланди 0

11 dek 10:39
Yangiliklar

Boshqalar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida korrupciyaning oldini olish mavzusida davra suhbati o'tkazildi

Kecha Jismoniy tarbiya va sport vazirligida korrupciyaning oldini olish mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Jamiyatda demokratik qadriyatlar qaror topayotgan bir vaqtda davlat xizmatchilari tomonidan poraxo'rlik, mansab vakolatlarini suiistemol qilish bilan bog'liq jinoyatlar sodir etilishi hokimiyatning obro'sizlanishiga, davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur etishiga, natijada amaldagi hukumatga nisbatan norozilik tug'ilishiga sabab bo'ladi. Bu o'z navbatida mamlakatda korrupciyaning rivojlanishi hamda davlatning tanazzuliga olib keladi.

Har bir jamiyatda mavjud bo'lgan bu kabi illatlar bilan ayovsiz kurashish borasida mamlakatimizda ham qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining “Korrupciyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasida korrupciyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni hamda 2017 yil 2 fevraldagi PQ–2752-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-sonli qarori korrupciyaga qarshi kurashish sohasida muhim qadam bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Bugun O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida o'tkazilgan davra suhbati “Jismoniy tarbiya va sport sohasida korrupciyaning oldini olish – mavjud muammolar va ustuvor vazifalar” mavzusiga bag'ishlandi.



Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddi rahbarlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi, Adliya, Ichki ishlar, Moliya vazirliklari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Antidoping milliy agentligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, “Ipoteka-bank” ATIB, mamlakatimiz sport federaciyalari va associaciyalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Yaxshi malumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF–5368-son Farmoni bilan vazirlikning markaziy apparati tuzilmasida sport faoliyatini tashkil qilishda asoslilik, obektivlik va shaffoflikni taminlash, shuningdek, korrupciya va boshqa suiistemolchilik holatlarini aniqlashga masul bo'lgan Jismoniy tarbiya va sport sohasida monitoring boshqarmasi tashkil etildi.

Bugungi kunda ushbu yo'nalishda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini taminlash bo'yicha davlat idoralarida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida ham qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini taminlash, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish, aybdorlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko'rish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining korrupciyaga qarshi kurashish bo'yicha idoraviy dasturi, Korrupciyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupciyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi, shuningdek, Korrupciyaga qarshi kurashishning Istanbul harakatlar rejasi doirasida monitoringning To'rtinchi raundi natijalari bo'yicha O'zbekistonga berilgan tavsiyalarning Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida bajarilishi yuzasidan yo'l xaritasi, Jismoniy tarbiya va sport sohasida korrupciyaga qarshi kurashish samaradorligi bo'yicha indikator ishlab chiqildi hamda ijroga yo'naltirildi.

Davra suhbatida dastavval jismoniy tarbiya va sport sohasida korrupciyaga qarshi kurashishning dolzarb vazifalari Qashqadaryo viloyati misolida ko'rib chiqildi. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Sirojiddin Odilov maruza qildi.

SHuningdek, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti misolida korrupciyaga qarshi kurash masalalari bo'yicha universitet rektori, professor Mahmud Boltaboev ham o'z amaliy tajribalari bilan o'rtoqlashdi.

Tadbirda davlat xaridlarining asosiy principlari – davlat buyurtmachisining kasbiy mahorati, asoslanganlik, moliyaviy mablag'lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi, ochiqlik va shaffoflik, tortishuv va xolislik, mutanosiblik, davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi, korrupciyaga yo'l qo'ymaslik mavzusida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqarma boshlig'i Nodir Musliddinov ham qisqacha malumot berdi.

Xulosa qiladigan bo'lsak, bugungi kunda korrupciyaga qarshi kurashish maqsadlariga faqat jinoyat-huquqiy vositalar bilan erishib bo'lmasligini hayotning o'zi ko'rsatib berdi. Bunday manaviy buzilish holatlariga qarshi kurashishda nafaqat davlat organlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolar masuldir. SHunday ekan, davlat va jamiyat, shu bilan birga nodavlat notijorat tashkilotlari bu illatning oldini olish va unga qarshi kurashda birgalikdagi harakat qilsagina samarali natijalarga erishish mumkin.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing